avatar
Куч
23.51
Рейтинг
+8.86

Ataullaeva Nafosat Asadovna

Мақолалар

Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjimon” jamoasi mutlaq g‘olib

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 yil 18 iyun kuni Samarqand san’at kollejining konsert zalida Samarqand viloyat hokimligining 2014 yil 5 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida “Quvnoq va zukko talabalar” koʻrik-tanlovini o'tkazish toʻgʻrisida”gi bayonida belgilangan vazifalarijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining “Tarjimon”, Samarqand davlat universitetining “Kamolot” hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Oʻzbegim” jamoalari oʻrtasida “Quvnoq va zukko talabalar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

“Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzuidagi Respublika ilmiy – amaliy anjumani

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 yil  12-13 iyun  kunlari  Samarqand  davlat  chet  tillar  institutida  institut  rahbariyati hamda “Ingliz tili grammatikasi va tarixi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi”   mavzuidagi   Respublika  ilmiy – amaliy  anjumani  o’tkazildi. Ushbu anjuman doirasida ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasining faxriy professori O`.U Usmonov    tavalludining    70 yilligiga  bag‘ishlangan
“Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi”mavzuidagi   Respublika  ilmiy – amaliy  anjumani  bo‘lib  o‘tdi.
         Anjumanning  maqsadi:  Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiq qilish, ushbu  maqsadni   amalga  oshirish  uchun  quyidagi  vazifalar  hal  qilindi: Til qurilishi va qiyosiy tipologik tahlil, semantika, stilistika va matn taxlili, tarjima va lingvo didaktika masalalari kabi   satxlarda  o‘rganilgan.

Eng yaxshi talaba sayti

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 yilning 28 may kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoi harakati tomonidan  “Eng yaxshi talaba blogi” tanlovi mavzusida  seminar-trening o`tkazildi. Tadbirda institute KYOIH faollari ishtirok etishdi. Seminarni respublika Kelajak ovozi bo`limi boshlig`i Aziz Norxo`jaev hamda trener Dildora Amirqulovalar olib borishdi.
Tadbirda asosan ijtimoiy saytlar, eng yaxshi talabalar saytini yaratish, eng yaxshi talabalar blogi shuningdek iqtidorli talabalar uchun yozgi media-oromgoh hamda bir qancha qulayliklarni qamrab oluvchi tashabbus tashkil etilayotgani to`g`risida ma`lumotlar berildi. Talabalar o`zlarini qiziqtiruvchi savollar bilan murojaat etishdi va tegishli ma`lumotlarga ega bo`lishdi. Tadbirda institut “Kamolot” YOIH BT yetakchisi Jasur Abdurahmonov va Informatika kafedrasi mudiri Adham Amonovlar ishtirok etdiar va turli mavzular yuzasidan fikr mulohazalar bildirdilar.
Bunday tadbirlarning tashkil etilishi, yoshlarning intellektual bilim va salohiyatlarini oshirishga, talabalarning yaratilayotgan imkoniyatlardan  samarali foydalana olish imkoniyatini yaratib berishga ko`maklashishini ta`kidlab o`tishdi.



Samarqand davlat chet tillar Instituti talabasi “Xitoy tili koʻprigi” - notiqlik san`ati tanlovida “Gran-Pri” sohibi boʻldi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Joriy yilning 28-aprel kuni Respublika miqyosida oʻtkazilgan 14 — “XITOY TILI KOʻPRIGI” — notiqlik san`ati tanlovida Samarqand davlat chet tillar Instituti talabalari Munisov Zarkamol va Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloylar ishtirok etishib, Munisov Zarkamol “Gran pri” sovrinini, Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloy esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Mazkur tanlovda Respublikamiznig bir qator oliy taʻlim muassasalari, jumladan, O`zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Samarqand davlat chet tillar Instituti va Toshkent Konfutsiy instituti talabalari ishtirok etishdi.

“GRAN-PRI” sovrindori Munisov Zarkamol ushbu tanlovning soʻngi bosqichi Xitoyda boʻlib oʻtadigan “Xalqaro xitoy tili koʻprigi” musabaqasida Oʻzbekiston Respublikasi vakili sifatida ishtirok etish imkoniyatini va Xitoy Xalq Respublikasida bir yillik bepul oʻqish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Sovrindorlar Xitoy xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Li Jie tomonidan munosib taqdirlandilar. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar Institutining ikkinchi vakili Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloy faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, Xitoy elchixonasining maxsus sovgʻasi bilan, shuningdek, SamDChTI qoshidagi Konfutsiy institutining olti nafar oʻqituvchilari: Lyu Tao, Peng Xingge, Ma Cuiling, Li Xindi, Yu Jong Yuan va Sie Jianglar “Eng yaxshi yetakchi ustoz” faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Favvoralar sayli boʻlib oʻtdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015-yil 1-may kuni Samarqand shahrida “Favvoralar sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda tashkil etilgan ommaviy-madaniy tadbirlarda Samarqand davlat chet tillar instituti ham munosib ishtirok etdi. Bayram tadbirlari 2 qismda tashkil etilib, Dasturning birinchi qismi 10:00dan 14:00ga qadar davom etgan bo‘lsa, asosiy bayram tadbirlari soat 17:00-20:00 orasida davom ettirildi.
Institut tomonidan “Samarqand” temiryo‘l vokzali maydonidagi favvoralar majmuasi oldida tayyorlangan bayram sahnasida talabalar tomonidan bayram dasturlari namoyish etildi. Bayramda ishtirok etgan mehmonlar talabalar ijrosidagi sehrli ohanglar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar jilosidan qalblarda jo‘shqin hislarni uyg‘otuvchi musiqalarga hamohang harakatlanib, kamalak rangida ajib manzara kasb etib turgan favvoralar bilan birga bahramand bo‘lishdi.




Огоҳлик – давр талаби

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 йил 23 апрель куни Самарқанд давлат чет тиллар институтида “Одам савдосига қарши кураш – барчамизнинг бурчимиздир”, “Диний экстремизм ва терроризмга қарши кураш” мавзуларида давра суҳбати бўлиб ўтди. Давра суҳбатига Самарқанд шаҳар ИИБ одам савдосига қарши курашиш бўйича масъул ходими, капитан Э.Набиев, Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси тингловчилари Ш.Набиев, Б.Собиров, Т.Одилов, А.Муҳитдинов, “Камолот” ЁИҲ Самарқанд шаҳар Кенгаши раис ўринбосари Ж.Ғиёсов, Кенгаш етакчиси С.Асланов, маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Ҳ.Норқулов ҳамда 180 нафар талабалар иштирок этишди.
Тадбирни маънавий-маърифий ишлар бўйича проректор Ҳ.Норқулов очиб, институтимизда ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда ёшлар орасида одам савдосига қарши кураш, диний экстремизм, хавфсизлик ва ҳуқуқбузарликнинг олдини олиш ҳамда ижтимоий-маънавий муҳитни янада соғломлаштириш юзасидан маънавий-маърифий тадбирлар ўтказилиб келинаётганини гапириб ўтди ва талабаларга тадбир меҳмонларини таништирди. Шундан сўнг бу борада фикр билдириш учун сўзни меҳмонларга берди.
Самарқанд шаҳар ИИБ одам савдосига қарши курашиш бўйича масъул ходими, капитан Э.Набиев сўзга чиқиб, одам савдоси муаммоси бутун дунёда глобал характерга эга бўлиб, улар жамият тараққиётига салбий таъсир ўтказиши, бутун дунёда уларнинг тарқалиб кетишини олдини олиш мақсадида халқаро миқёсда кураш бораётганлигини таъкидлаб ўтди. Бу каби иллатларнинг таъсирига тушиб қолмаслиги учун ёшлар ҳушёр ва огоҳ бўлиб, ўз йўлида адашмаслигини уқтирди.
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси тингловчиси А.Муҳитдинов сўзга чиқиб, бугунги кунда динни ниқоб қилиб олган ИШИД тўдаси таъсиридан ёшларни ҳимоя қилиш, хусусан, Ироқ ва Сурия мамлакатлари ҳудудида бўлаётган ғалаёнлар ва бундай фитналарнинг ортида қандай ғаразли кучлар турганини кенг оммага етказиш зарурлиги тўғрисида фикр билдирган бўлса, “Камолот” ЁИҲ Самарқанд шаҳар Кенгаши етакчиси С.Асланов сўзга чиқиб, мустақилликнинг илк кунлариданоқ Ўзбекистон Марказий Осиёда хавфсизлик ва барқарорликни таъминлаш учун қатъий ва изчил ҳаракат қилаётганлиги, халқаро терроризмга қарши кураш соҳасида самарали ишлар олиб борилаётгани тўғрисида маъруза қилишди.
Тадбир сўнгида талабалар мутахассисларга ўзларини қизиқтирган саволлар билан мурожаат этишди ва тегишли жавобларни олишди.







Go`zallik va nafosat bayrami

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “8 mart — go‘zallik va nafosat bayrami” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayramga institutda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar, shuningdek, ko‘p yillar halol mehnat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy o‘qituvchilar ham taklif etildi.


Bayram tadbirini institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori H.Norqulov ochib, barcha ayollarni institut rektori hamda jamoasi nomidan go‘zallik va nafosat ayyomi 8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etdi. Yurtimiz ilm-faniga munosib hissa qo‘shgan va hozirda faoliyat olib borayotgan olima ayollarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilaviy tinchlik va xotirjamlik tiladi. So‘ngra barcha xotin-qizlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar hamda anvoyi gullar taqdim etildi.


Shundan so‘ng tadbirning bayram qismi boshlanib, unda sho‘x va mumtoz kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli o‘yinlar, QVZ terma jamoasining hazil-mutoyibaga boy chiqishlari hamda Samarqand san’at kollejidan tashrif buyurgan sozanda va xonandalarning bayram dasturlari havola etildi.


Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar kecha tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, barchani bayram bilan qutlashdi.


Bayram tantanalari kuy-qo‘shiqlar va raqslar jarangi ostida bo‘lib o‘tdi.


 




Olti nafar o‘zbekistonlik Fransiyaning Akademik Palma ordeni bilan taqdirlandi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Fransuz-O’zbek hamkorligiga qo’shgan hissasi uchun olti nafar yurtdoshimiz Fransiya hukumati tomonidan ta’sis etilgan «Akademik Palma» ordeni sohibi bo’ldi. 


Fransiyaning yurtimizdagi elchixonasi tavsiyasiga binoan mukofotlanganlar orasida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori Amriddin Berdimurodov hamda Samarqand davlat chet tillari instituti fransuz tili o’qituvchisi Dilfuza Ataullayeva ham bor.



Mehribonlik uyiga tashrif

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakultetining bir guruh talabalari “Sog‘lom bola yili”davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida joylashgan  9-son  “Mehribonlik uyi” ga tashrif uyushtirishdi. Tashrif davomida talabalar tomonidan tashkil qilingan turli xil qiziqarli o‘yinlar, chet tilini o‘rganishning tezkor darslari, video-roliklar  hamda  badiy qism barcha tarbiyalanuvchi bolajonlarga birday manzur bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 9-son  “Mehribonlik uyi” rahbariyati barcha talabalarga o‘z minnadorchiligini bildirgan holda bunday savobli ishlarning davomiyligida omad tiladi.  
 


 

Самарқанд давлат чет тиллар институтида “Олий таълим муассасаларининг рейтингини аниқлаш бўйича хорижий тажрибалар” мавзусидаги семинар бўлиб ўтди.

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2014 йилнинг 17 сентябр куни Самарқанд давлат чет тиллар институтида “Темпус ИВ” дастури доирасида Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги билан ҳамкорликда“Олий таълим муассасаларининг рейтингини аниқлаш бўйича хорижий тажрибалар” мавзусида семинар ўтказилди.


Семинарни ўтказишдан асосий мақсад, олий таълим экспертлари миллий гуруҳи аъзоларининг ўз тақдимотлари орқали республикадаги ОТМлар рейтингини кўтаришнинг илғор методлари билан таништириш, олий таълим муассасалари рейтингини ошириш учун қўйилган масалаларда ҳамда ОЎМТВга амалий ёрдам бериш, республика олий таълим ва “Ерасмус+” дастурининг янги имкониятлари доирасидаги янгиликлар билан таништиришдан иборат бўлди.


Семинарда “Ерасмус+” миллий офисининг катта эксперти Игор Вихров, Тошкент ахборот технологиялари университетининг профессори Марат Рахматуллаев, Тошкент давлат техника университетининг катта ўқитувчиси Қудратхон Бахадиров, Наманган давлат университетининг Халқаро алоқалар бўлими бошлиғи Пўлатхон Лутфуллаев ҳамда   СамДЧТИ профессори Махмуд Лутфуллаевлар ўз тақдимотлари билан чиқиш қилдилар. Семинарда Самарқанд вилоятидаги бошқа олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчилари ҳамда СамДЧТИ проректорлари, деканлари, кафедра мудирлари ва ўқитувчилари иштирок этишди.


Семинарни СамДЧТИ илмий ишлар бўйича проректор Ш.С.Ашуров кириш сўзи билан очиб берди. Семинар аввалида “Ерасмус+” дастури ҳақида маълумот бериб ўтилди. Сўнгра ушбу гуруҳ экспертлари ОТМлари рейтингини оширишда асосий кўрсаткичлар ҳисобланган бир неча йўналишлар, жумладан, нуфузли халқаро журналларда чоп этиш учун илмий мақолалар тайёрлаш, олий таълим — ишлаб чиқариш — фан муносабатларининг халқаро тажрибалари ҳамда ўқув жараёнига ахборот технологияларини жорий қилиш масалалари тўғрисида иштирокчиларга маълумот бериб ўзаро фикр алмашишди. Семинар якунида муҳокама этилган масалалар юзасидан хулоса ва таклифлар ишлаб чиқилди.